Samimiy ruhda o’tgan uchrashuvda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda О‘zbekiston davlat filarmoniyasi o’rtasida hamkorlik aloqalarini chuqurlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, ikki tashkilot o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unda tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli ilmiy-ijodiy va madaniy aloqalarni o‘rnatish, malakali mutaxassislarni ilmiy-pedagogik jarayonga jalb etish, orkestr kutubxonasidan institutning talabalar o’quv orkestri repertuarini boyitishda […]


