
Bugun O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev Toshken shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig’ini (Ulug’bek shaharchasi)da o’ziga biriktirilgan kam ta’minlangan oilalar sharoitini borib ko‘rdi.
Shuningdek, ularning muammolari o‘rganildi. Unda fuqarolarning farzandini Maktabgacha ta’lim muassasiga joylashtirishda, doimiy ish topishda, davolanish borasida va boshqa muammolari borligi ma’lum bo‘ldi. Ularni hal etishda tegishli tartibda ko‘mak berilishi aytildi.
Bunday tashriflar aholining muammolarini joyida o‘rganish va ularni tezkorlik bilan hal etishda katta ahamiyat kasb etadi. Mahallalarda yashovchi aholining turmush sharoitini yaxshilash, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelmoqda.