O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tashrifi chog’ida yosh professor-o’qituvchilar hamda iqtidorli talabalarning sohaga oid yangi loyihalar bо‘yicha tashabbus va taqdimotlari bilan yaqindan tanishdi

Ushbu tashrif jarayonini O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev boshqarib bordi. Xususan unda “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasi dotsenti, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori Otajon Dostonov tomonidan “Kino klasteri” loyihasi doirasida kino va televideniye hamda ovoz yozish uchun mo‘ljallangan maxsus pavilion taqdimoti, “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi o‘qituvchisi Qahramon Rashidov tomonidan ko‘hna […]

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tashabbusi bilan tashkil etilgan “Aktyor” loyihasi doirasida sahnalashtirilgan “Hayot bekati” nomli inklyuziv spektakl namoyishi bo‘lib o‘tdi

Unda vazir Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi huzuridagi ‘Nogiron bolalar markazi’ rahbari, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist Ra’no Shodiyeva, institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev, institut professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi. Mazkur loyiha nogironligi bo‘lgan shaxslarni zamonaviy kasblarga, jumladan aktyorlik san’atiga jalb etish, ularni o‘qitish va amaliy jarayonlarga tatbiq etish orqali bandligini ta’minlashni maqsad qilgan. “Hayot bekati” […]

“O‘zbekfilm” kinokonsernida tashkil etilgan institut kafedra filialida “AI Kadr: Sun’iy intellekt va kinematografiya uyg‘unligi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi

Anjumanda sun’iy intellekt va IT mutaxassislari, raqamli texnologiyalar, kompyuter grafikasi va VFX (visual effects) bo‘yicha ekspertlar, montaj ustalari hamda tegishli oliygohlar professor-o‘qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilar, shuningdek, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari faol ishtirok etishdi. Dastlab, anjumanni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z […]

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGANINING 33 YILLIGI MUNOSABATI BILAN TABRIK

Aziz do’stlar, qadrli ustozlar va hurmatli talabalar! Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun bilan samimiy muborakbod etaman! Darhaqiqat, Yangi O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi inson huquq va erkinliklarining va yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mustahkam huquqiy asosi bo‘ldi. Jumladan, Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritilib, ular soni 128 tadan 155 taga oshdi, normalar soni […]

Shu yilning 3-4-dekabr kunlari Tatariston Respublikasi Qozon shahrida Qozon davlat madaniyat instituti tomonidan “Многогранный мир традиционной культуры и народного художественного творчества” III Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

  Konferensiyaning ochilish marosimida Tatariston Respublikasi madaniyat vaziri Irada Ayupova, O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsuli Nodirjon Qosimov va Qozon davlat madaniyat instituti rektori Roza Axmadiyeva o‘z kirish so‘zlari orqali konferensiya ishtirokchilarini qutladilar. O‘zbekiston danlat san‘at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullaev mazkur tadbirda onlayn tarzda ishtirok etib, bugungi kunda Qozon davlat madaniyat instituti […]

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti O’quv teatrida 8-dekabr – О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi

Unda institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev, professor o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi. Shuningdek, tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlari doktori, professor, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Mirodil Baratov taklif etildi. U yig‘ilganlarga Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati, undagi asosiy tamoyillar, fuqarolarning huquq va erkinliklari, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil tushunchalar berdi. […]

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Milliy qadriyatlar” kuniga bag‘ishlangan “Qadriyat javohirlari” nomli konsert-dasturi tashkil etildi

Unda Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Shahnoza Sultanova, institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev, shuningdek, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi. Tadbir avvalida Nodirbek Sayfullayev institutda “Milliy qadriyatlar” kuni doimiy ravishda keng o‘tkazilib kelinayotgani, yosh avlod ongida milliy o‘zlikni anglash, urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, ularni zamonaviy ta’lim jarayoniga uyg‘un ravishda singdirish institut […]

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Teatr san’atida vokal ijro mahorati: kecha va bugun” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi

Anjumanda soha mutaxassislari: teatr san’atida vokal ijrochiligi bo‘yicha ijod qilib kelayotgan aktyorlar, teatrshunoslar, musiqashunoslar, san’at ta’limi yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar, yosh tadqiqotchilar hamda o‘zining ko‘p yillik tajribalari, ilmiy izlanishlari, tadqiqotchilik va pedagogik faoliyati bilan soha rivojiga katta hissa qo‘shib kelayotgan yirik ijodkor va olimlar ishtirok etdilar. Dastlab, anjumanni institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev kirish so‘zi […]

image_pdfimage_print