Nodirbek Sayfullayev institutning Nukus filialiga tashrif buyurdi

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev institutning Nukus filialiga tashrif buyurdi hamda filial professor-o’qituvchilari ishtirokida 2024-yil yakunlari hamda 2025-yilda о‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish bо‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yigʻilish o‘tkazdi. ✔️Yig‘ilish avvalida rektor hamda filial direktori Amanjol Ayapovlar filialda faoliyat […]

“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Bugungi kunda yoshlar turli xil ma’lumotlar oqimiga duch kelmoqda. Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali ularga turli xil g’oyalar, fikrlar va ma’lumotlar taqdim etiladi. Bu oqim ichida ba’zi g’oyalar yot, zararli va jamiyat uchun xavfli bo’lishi mumkin. ❗️Yoshlarni yot g’oyalardan asrash – bu jamiyatning muhim vazifasidir. Ayni shu maqsadda bugun O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida […]

Institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev yakuniy nazoratlarni bevosita kuzatib bordi.

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 2024/2025-o‘quv yili kuzgi semestridagi fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar davom etmoqda. ❗️Bugun ushbu jarayonlarni institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev bevosita kuzatib bordi. Ta’kidlash joizki, ustozlar tomonidan ayni damda imtihon topshirayotgan talabalarning yutuqlari e’tirof etilishi barobarida, kelgusi ijodi uchun muhim bo’lgan ko’rsatma va tavsiyalar ham berib o’tilmoqda. Rektor […]

Institut Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev rahbarligida institut Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengash kun tartibida ilmiy unvon olish uchun Oliy attestatsiya komissiyasiga yuborilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar, ilmiy unvon olish uchun Oliy attestatsiya komissiyasiga hujjatlarni yuborish, ilmiy tadqiqot ishlarining samaradorligini takomillashtirish, “San’atshunoslik […]

“Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” shiori ostida navbatdagi uchrashuv o’tkazildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Mirzo Ulug’bek tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig’i Sardor Mirzaraimov hamda o’rinbosari Bahodir Yormatov bilan uchrashuv tashkil etildi. “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” shiori ostida bo’lib o‘tgan ushbu uchrashuvda asosiy e’tibor bugungi kunda dolzarb bo‘lib turgan giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi hamda kiber jinoyatlarga qarshi kurash […]

“Giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish” hamda “Kiber jinoyatlarga qarshi kurash” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” shiori ostida “Giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish” hamda “Kiber jinoyatlarga qarshi kurash” mavzularida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kafedra boshlig‘i, yuridik fanlari doktori, professor Maqsud Qalandarov, kafedra katta o‘qituvchisi Shohruh Qo’shboqov, magistratura tinglovchilari podpolkovnik Eldor Rahmatov […]

“Abdurahim Ismoilov: tasvirdagi taqdirlar” hujjatli filmi namoyishi bo‘lib o’tdi.

“Renessans” kino uyida Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, Davlat mukofoti sovrindori, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori Abdurahim Ismoilov bilan ijodiy uchrashuv hamda Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan О‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan “Vatan timsollari” rukni ostida suratga olingan “Abdurahim Ismoilov: tasvirdagi taqdirlar” hujjatli filmi namoyishi bo‘lib o’tdi. Kechada film qahramonining yaqinlari, kо‘p […]

«Vatanga xizmat – oliy fazilat» deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Ayni kunlarda yurtimiz boʻylab 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33-yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida bayram tadbirlari, uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Jumladan, bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi […]

image_pdfimage_print