Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga Turkiyadagi Istanbul madaniyat universitetining xalqaro aloqalar bo‘yicha rasmiy vakili Sevda Fayzullayeva tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida ikki oliygoh o‘rtasida do‘stona aloqalar, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan mahorat darslari tashkil etish borasida fikr almashildi. Qolaversa, madaniyat va san’at menejmenti, dizayn, animatsiya va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik qilish masalalari muhokama […]

Paraxat Mamutov dissertatsiya ishi muhokama qilindi
Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tadqiqotchi Paraxat Mamutovning “Zamonaviy qoraqalpoq teatri: an’ana va yangi tendensiyalar” mavzusida san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rahbariyati, ilmiy kengash a’zolari va tadqiqotchilar ishtirok etdi. Seminarda tadqiqotchi tomonidan qoraqalpoq etnomadaniyati, o‘lkada zamonaviy teatr tomoshalarining paydo bo‘lishi va […]

Matluba Isoqova dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi
Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tadqiqotchi Matluba Isoqovaning “Xorazm etnomadaniyati va Yevropa rusumidagi teatrning rivojlanishi” mavzusida san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rahbariyati, ilmiy kengash a’zolari va tadqiqotchilar ishtirok etdi. Seminarda tadqiqotchi tomonidan Xorazm etnomadaniyati, o‘lkada zamonaviy teatr tomoshalarining paydo bo‘lishi va […]

Sardor Mannonov dissertatsiya ishi muhokama qilindi
Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tadqiqotchi Sardor Mannonovning «Pantomima san’atining asosiy xususiyatlari va o‘ziga xos tamoyillari» mavzusida san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rahbariyati, ilmiy kengash a’zolari va tadqiqotchilar ishtirok etdi. Seminarda tadqiqotchi tomonidan pantomima san’atining tarixi va rivojlanish bosqichi, mamlakatimizda mazkur […]

Raqslar jilosi
Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘quv teatrida xalq ijodiyoti fakulteti ashula va raqs ta’lim yo‘nalishi ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalarining «Raqslar jilosi» nomli sinf konserti bo‘lib o‘tdi. Dastlab institut rektori v.b. Eldor Shermanov so‘zga chiqib, talabalarga ilmiy-ijodiy muvaffaqiyat tiladi. «Talabalik davri inson hayotining eng gullagan, intilishlar cho‘qqisida bo‘lgan hamda shirin xotiralarga boy bosqichi hisoblanadi. […]

O’zDSMIda «Zakovat ligasi» noyabr oyining 3-tur bahslari bo’lib o’tdi
Bugun Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida talabalar oʻrtasida an’anaviy ravishda o’tkazib kelinayotgan «Zakovat» intellektual oʻyinining noyabr oyi 3-tur bahslari bo’lib o’tdi. Unda kunduzgi va sirtqi ta’lim yo’nalishlarda tahsil olayotgan o’nga yaqin jamoa ishtirok etdi. Eslatib o’tamiz, «Zakovat» intellektual o’yini har haftaning shanba kuni institut kutubxonasida muntazam o’tkazib kelinadi. G’olib jamoa har oyning so’ngida aniqlanadi […]

Bayrog‘imiz — g‘urur va faxrimiz timsoli
Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan «Bayrog‘imiz — g‘urur va faxrimiz timsoli» shiori ostida bayram konserti o‘tkazildi. Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli talabalar ishtirok etdi. Institut rektori v.b. Eldor Shermanov tadbir avvalida so‘zga chiqib, davlat ramzining inson va mamlakat hayotidagi o‘rni to‘g‘risida fikr bildirdi. […]

Mangu hilpirayver, bayrog‘im!
Bugun erta tongdan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun munosabati bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bayram shodiyonasi boshlandi. Oliygohning kirish eshigida yonida zahmatkash ustozlar va iqtidorli talabalar ishtirokida ko‘ngilochar tadbir tashkil etidi. Bayrog‘imiz qabul qilingan kun barchangizga muborak bo‘lsin!