Istanbul madaniyat universiteti bilan manfaatli hamkorlik

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga Turkiyadagi Istanbul madaniyat universitetining xalqaro aloqalar bo‘yicha rasmiy vakili Sevda Fayzullayeva tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida ikki oliygoh o‘rtasida do‘stona aloqalar, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan mahorat darslari tashkil etish borasida fikr almashildi.

Qolaversa, madaniyat va san’at menejmenti, dizayn, animatsiya va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, Istanbul madaniyat universiteti 1997-yil 9-iyulida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda oliygohda 15 mingga yaqin talaba tahsil oladi. Shu jumladan, joriy yil ellik nafarga yaqin o‘zbekistonlik yoshlar mazkur universitet talabasiga aylandi.

Istanbul madaniyat universiteti dunyoning eng yaxshi mingta oliygohi ro‘yxatidan o‘rin olgan oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi.




Paraxat Mamutov dissertatsiya ishi muhokama qilindi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tadqiqotchi Paraxat Mamutovning “Zamonaviy qoraqalpoq teatri: an’ana va yangi tendensiyalar” mavzusida san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rahbariyati, ilmiy kengash a’zolari va tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Seminarda tadqiqotchi tomonidan qoraqalpoq etnomadaniyati, o‘lkada zamonaviy teatr tomoshalarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi, mamlakatimizda teatr sohasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaning muammo va kamchiliklari aks ettirilgan tadqimot namoyish etildi.

Shu bilan birga, professor-o‘qituvchilar ilmiy ishning yutuq va kamchiliklarini muhokama qilindi.

Ilmiy rahbar: san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor Amanulla Zufarovich Rizayev




Matluba Isoqova dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tadqiqotchi Matluba Isoqovaning “Xorazm etnomadaniyati va Yevropa rusumidagi teatrning rivojlanishi” mavzusida san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rahbariyati, ilmiy kengash a’zolari va tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Seminarda tadqiqotchi tomonidan Xorazm etnomadaniyati, o‘lkada zamonaviy teatr tomoshalarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi, mamlakatimizda teatr sohasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaning muammo va kamchiliklari aks ettirilgan tadqimot namoyish etildi.

Shu bilan birga, professor-o‘qituvchilar ilmiy ishning yutuq va kamchiliklarini muhokama qilib, yakunda dissertatsiya himoyaga tavsiya etildi.

Ilmiy rahbar: san’atshunoslik fanlari doktori, professor Muhabbat Turobovna To‘laxo‘jayeva




Sardor Mannonov dissertatsiya ishi muhokama qilindi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tadqiqotchi Sardor Mannonovning «Pantomima san’atining asosiy xususiyatlari va o‘ziga xos tamoyillari» mavzusida san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rahbariyati, ilmiy kengash a’zolari va tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Seminarda tadqiqotchi tomonidan pantomima san’atining tarixi va rivojlanish bosqichi, mamlakatimizda mazkur san’at darajasi, shuningdek, muammo va kamchiliklari aks ettirilgan tadqimot namoyish etildi.

Shu bilan birga, professor-o‘qituvchilar tomonidan dissertatsiyaga oid savollar berildi hamda ilmiy ishning yutuq va kamchiliklari muhokama qilinib, himoyaga tavsiya etildi.

Ilmiy rahbar: san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor Omanulla Rizayev




Raqslar jilosi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘quv teatrida xalq ijodiyoti fakulteti ashula va raqs ta’lim yo‘nalishi ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalarining «Raqslar jilosi» nomli sinf konserti bo‘lib o‘tdi.

Dastlab institut rektori v.b. Eldor Shermanov so‘zga chiqib, talabalarga ilmiy-ijodiy muvaffaqiyat tiladi.

«Talabalik davri inson hayotining eng gullagan, intilishlar cho‘qqisida bo‘lgan hamda shirin xotiralarga boy bosqichi hisoblanadi. Talabalik bejizga oltin davr deyilmaydi. Men uchun quvonarlisi, bugungi konsert dasturida ishtirok etayotgan barcha yigit-qizlarning tanish ekanligidadir, ya’ni ular yillar davomida o‘z ijodiy chiqishlari bilan biz va ustozlar e’tiboriga tushgan. O‘ylaymanki, ularning barchasi yetuk san’atkor, olim, rahbar bo‘lib yetishadi. Faqatgina ulardan ilm olish, ijod qilish va intilishdan to‘xtab qolmasliklarini so‘rab qolardim. Barchangizga omad va zafarlar tilab qolaman» — dedi Eldor Shermanov.

Tadbir davomida talabalar hayoti aks ettirilgan videolar jamlanmasi, shuningdek, bir-biridan go‘zal xalqona va zamonaviy raqs ijrolari namoyish etilib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.




O’zDSMIda «Zakovat ligasi» noyabr oyining 3-tur bahslari bo’lib o’tdi

Bugun Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida talabalar oʻrtasida an’anaviy ravishda o’tkazib kelinayotgan «Zakovat» intellektual oʻyinining noyabr oyi 3-tur bahslari bo’lib o’tdi. Unda kunduzgi va sirtqi ta’lim yo’nalishlarda tahsil olayotgan o’nga yaqin jamoa ishtirok etdi.

Eslatib o’tamiz, «Zakovat» intellektual o’yini har haftaning shanba kuni institut kutubxonasida muntazam o’tkazib kelinadi. G’olib jamoa har oyning so’ngida aniqlanadi va ko’chma kubok taqdim etiladi.




Bayrog‘imiz — g‘urur va faxrimiz timsoli

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan «Bayrog‘imiz — g‘urur va faxrimiz timsoli» shiori ostida bayram konserti o‘tkazildi.

Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli talabalar ishtirok etdi. Institut rektori v.b. Eldor Shermanov tadbir avvalida so‘zga chiqib, davlat ramzining inson va mamlakat hayotidagi o‘rni to‘g‘risida fikr bildirdi.

Konsert dasturida professor-o‘qituvchilar va iste’dodli talabalar tomonidan vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.




Mangu hilpirayver, bayrog‘im!

Bugun erta tongdan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun munosabati bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bayram shodiyonasi boshlandi.

Oliygohning kirish eshigida yonida zahmatkash ustozlar va iqtidorli talabalar ishtirokida ko‘ngilochar tadbir tashkil etidi.

Bayrog‘imiz qabul qilingan kun barchangizga muborak bo‘lsin!