"Zamonaviy drama va kino san’ati: muammo va yechimlari" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 29-fevral kuni dramatik teatr va kino san’ati kaferdasi tashabbusi bilan «Zamonaviy drama va kino san’ati: muammo va yechimlari» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda soha vakillari, taniqli professor-o‘qituvchilar va olimlar, kafedra o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Konferensiyani institut rektori v.b. Eldor Shermanov ochib berib, sohadagi muammolar va ularni bartaraf etishda institut zimmasida katta mas’uliyat borligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Bundan tashqari, konferensiyada O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, professor Munavvara Abdullayeva, professor Hamida Mahmudova, dotsent Shoira Hamidova, san’atshunoslik fanlari nomzodi Oybek Kapadze kabi bir qancha soha mutaxassislarining ma’ruzalari tinglandi.