O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun muhim eslatma

➡️ 2024/2025-o‘quv yili qabuli uchun kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborilgan.

➡️ Shuningdek, har bir abituriyent tomonidan shaxsiy kabinetda ko’rsatilgan telefon raqamlariga yuqoridagi suratdagi kabi sms-xabarnoma keladi.

➡️ Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan:
➖o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari;
➖ruxsatnomada (qog’ozga chiqarilgan holda) belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib kelishlari so‘raladi.

➡️ Qo’shimcha ma’lumotlar uchun:

☎️ (+99871)230-28-42
☎️ (+99871)230-28-48
☎️ (+99871)230-28-40