28-fevral kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b. Eldor Shermanov davlatimiz rahbarining ijtimoiy sohaga oid videoselektorda bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talabalar holidan xabar oldi.
Suhbat davomida moddiy ko‘makka muhtoj talabalarga yordam ko’rsatish, ularni kasbga o‘rgatish, talabalarni qiynayotgan boshqa masala va muammolar tinglanib, ularga yechimlar topildi.
Jumladan, 2-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlar bilan muloqot chogʻida ishga kirib ishlashni va oʻz sohasida amaliy tajribaga ega boʻlishni xohlagan 3-bosqich talabasi Anorboyeva Nilufarni talabalar turar joyida faoliyati yo’lga qo’yilgan kutubxonaga ishga joylashtirish boʻyicha masʼullarga koʻrsatma berildi.
1-talabalar turar joyidagi talaba qizlar bilan boʻlib oʻtgan suhbat davomida zamonaviy kompyuter bilimlarini egallashni maqsad qilgan talaba Rahmonova Dinoraga zamonaviy kompyuter olib berilishi qayd etildi.
Yoshlar tomonidan berilgan yana bir qator samarali takliflar ijrosini taʼminlash borasida vazifalar belgilandi.
Rektor yotoqxonada talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, TTJdagi yashash xonalari, dars xonalari, kutubxona, kompyuter zali, maʼnaviyat xonasi, tikuv sexi koʻzdan kechirdi.
Shuningdek, rektor yoshlarning boʻsh vaqtlarini unumli oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan maʼdaniy-maʼrifiy va sport toʻgaraklari faoliyati bilan tanishdi.
Qolaversa, rektor talaba-yoshlar tomonidan tashkil etilgan «Gulxan kechasi»da qatnashib, ularning quvonchiga sherik boʻldi hamda talaba-qizlar bilan sport zalida voleybol oʻyinida ishtirok etdi.