
2026-yil 16-noyabr kuni Turkiya Respublikasining Anqara şahrida Turkiy dunyo san’at universitetlari ittifoqining VI yiğilişi bölib ötdi.
Nufuzli xalqaro tadbirda turkiy davlatlarning san’at va madaniyat yönalişidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda soha vakillari, şuningdek, Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy hamda TURKSOY xalqaro taşkiloti Boş kotibi Sulton Raev iştirok etdi.
Yiğilişda Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.v.b. Sobir Madiyev ham qatnaşib, «Turkiy dunyo san’at universitetlari örtasidagi hamkorlik: erişilgan natijalar va istiqboldagi vazifalar» mavzusida ma’ruza qildi.
Bunda institutning ittifoq doirasidagi hamkorlik tajribasi, xususan, Turk dunyosi talabalar teatr festivali, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar va ijodiy loyihalardagi iştiroki haqida söz yuritildi. Şuningdek, hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş maqsadida qöşma konsert dasturlarini taşkil etiş, ilmiy jurnallar örtasida hamkorlikni rivojlantiriş, professor-öqituvçilar va tadqiqotçilarning ilmiy maqolalarini özaro naşr etiş hamda muntazam mahorat darslarini yölga qöyiş böyiça qator takliflar ilgari surildi.
Şu bilan birga, turkiy davlatlar san’at oliy ta’lim muassasalari örtasidagi hamkorlik nafaqat tajriba almaşiş, balki birgalikda yangi ilmiy va ijodiy mahsulotlar yaratiş, muştarak madaniy qadriyatlarni asrab-avaylaş hamda yoş iste’dodlarni qöllab-quvvatlaş uçun muhim imkoniyat ekanini ta’kidladi.
Tadbir davomida Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy yiğiliş iştirokçilariga, jumladan, unda qatnaşgan rektorlarga minnatdorlik bildirib, bunday uçraşuvlar turkiy dunyoning madaniy yuksalişi, özaro aloqalarning mustahkamlanişi va umumiy taraqqiyotiga xizmat qilişini qayd etdi.
Mazkur yiğiliş turkiy davlatlar san’at va madaniyat oliy ta’lim muassasalari örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş, yangi hamkorlik yönalişlarini belgilaş hamda xalqaro ta’lim va ijodiy integratsiyani rivojlantiriş yölidagi muhim qadam böldi.

