Teatr san’ati

Fakultet dekani:

Teatr san'ati

To’rayev Ma’murjon Jo’raqul o’g’li

Qabul kunlari: Har kuni (yakshanbadan tashqari) soat 14:00 dan 16:00 gacha.
Telefon: 71 230 28 29
📧 e-mail:

 

Fakultet tasarrufidagi kafedralar:
  • “Musiqali, dramatik teatr va kino san’ati” kafedrasi;
  • “Estrada va ommaviy tomoshalar san’ati” kafedrasi;
  • “Qo‘g‘irchoq teatri san’ati” kafedrasi;
  • “Sahna harakati va jismoniy madaniyat” kafedrasi;
  • “Sahna nutqi” kafedrasi;
  • “Vokal” kafedrasi.
Fakultet qisqa tarixi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tashkil qilish to‘g‘risida”gi 2012 yil 4 iyundagi 1771-sonli qarori asosida “Teatr san’ati” fakulteti tashkil qilindi. Fakultet tashkil etilgandan buyon unga Shodiyev Hamza Xoliqulovich (04.06.2012-11/11/2013), Ismailov Rixsillo Hamidovich (11/11/2013-10/09/2015), Abdullayev Doniyor Dolimovich (10.09.2015-11.11.2015)lar rahbarlik qildilar.

Fakultet o‘tgan davr mobaynida “Aktyorlik san’ati” (turlari bo‘yicha) va “Rejissyorlik” (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishlarida malakali kadrlar tayyorlab kelmoqda. Shu kunga qadar mutaxassislik kafedralarida O‘zbekteatr, kino san’atining taniqli va yetakchi namoyandalari O‘zbekiston xalq artistlari Shuhrat Abbosov, Turg‘un Azizov, Xayrulla Sa’diyev, Erkin Komilov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Olimjon Salimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Boir Xolmirzayevlar milliy teatr va kino san’ati uchun aktyor va rejissyorlar tayyorlaganlar.

Fakultet kadrlar tayyorlash jarayonini ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) holda amalga oshiradi.

Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari:
  • 5150300-Aktyorlik san’ati (turlari bo‘yicha), (Dramatik teatr va kino aktyorligi san’ati, Musiqali teatr aktyorligi san’ati, Qo‘g‘irchoq teatri aktyorligi san’ati, Estrada aktyorligi san’ati ixtisosliklari);
  • 5150400-Rejissyorlik (turlari bo‘yicha) (Drama rejissyorligi, Musiqali teatr rejissyorligi, Qo‘g‘irchoq teatri rejissyorligi, Estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi).
Magistratura mutaxassisliklari:
  • 5A150301 – Aktyorlik san’ati (turlari bo’yicha);
  • 5A150401 – Rejissorlik (turlari bo’yicha).
Professor-o‘qituvchilar tarkibi:

Hozirda fakultetning mutaxassislik kafedralarida Toshkent shahridagi professional teatrlar rejissyorlari va taniqli aktyorlari dars berib kelmoqdalar. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Bahrulla Lutfullayev, Jo‘ra Mahmudov, Qoraqolpag‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Arsen Ismoilov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi professor Minavvara Abdullayeva, Maryam Ashurova, Xamida Mahmudova, Isoqtoy Jumanov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Haydarali Qosimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Narziddin Shermatov, Rahimov Erkin, Nodira Mahmudova, Fathulla Xo‘jayev, Shomurod Yusupov, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Ro‘dakiy Allanbayevlar shular jumlasidandir.

Shuningdek fakultetda professor Sherzod Pirmatov, Qodir Mirzayev, san’atshunoslik fanlari nomzodlari Go‘zal Xoliqulova, MarinaYusupova, Temur Rashidov, dotsentlar Zamira Ahmedova, Feruza Jalilova, Mahsuma Xodjimatova, Farhod Ahmedov, Jahongir Mamatqosimov, Ramz Qodirov, Ernazar Yorbekov, A’zam Abduxalilov hamda Venera Yusupova kabi tajribali yetakchi professor-o‘qituvchilar jamoasi faoliyat yuritishmoqda.

Fakultet doirasida yosh mutaxassislar bilan ishlash yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, fakultet professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash maqsadida ilmiy-uslubiy seminarlar, taniqli olim va mutaxassislar bilan davra suhbatlarini uyushtirish, loyihalar ustida ishlarni takomillashtirish borasida ilmiy ma’ruzalar tinglanadi va muhokama qilinib ta’limning zamonaviy interfaol uslublari o‘rganiladi.

Ilmiy loyihalar:
Xalqaro hamkorlik:

Fakultetda xorijiy san’at maktablari bilan ham innovatsion hamkorliklar yo‘lga qo‘yilgan: jumladan Angliya, Germaniya, Rossiya, Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan yetakchi mutaxassislar bilan uchrashuvlar, mahorat darslari, tanishuv, suhbat va muloqotlar muntazam tashkil qilinadi.

Korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik:

Iqtidorli talabalar:

Fakultetda ko‘plab davlat stipendiyasi sohiblari, davlat mukofotlari sovrindorlari, Xalqarova Respublika tanlovi g‘oliblari tahsil olgan va olmoqda.

“Teatr san’ati” fakultetidagi ta’lim jarayoni bugungi zamon talablariga to‘liq mos bo‘lishi uchun harakat qilgan holda amalga oshirilmoqda. Ana shu maqsad yo‘lida talabalarga san’at sirlarini o‘rgatib kelayotgan professor-o‘qituvchilarning xorijiy davlatlarda malaka oshirishi yo‘lga qo‘yilgan va kelajakda bu o‘z mevasini berishi shubhasiz.

image_pdfimage_print