Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘quv teatrida «Sahna harakati va jismoniy madaniyat» kafedrasi qoshida tashkil etilgan «Bir aktyor teatri» teatr studiyasi rahbari, mustaqil tadqiqotchi Rahimjon Do‘sanov rejissyorligida Mark Tven asari asosida sahnalashtirilgan «Shahzoda va gado» nomli bir aktyor ijrosidagi spektakl namoyishi bo‘lib o‘tdi.

«Estrada aktyorligi» ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Dilhayot Malikov ijrosidagi mazkur spektakl tashrif buyurgan tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.

«Shahzoda va gado» asarida ijodkor Angliyada Tom va Eduard singari bolalarning beg’ubor nigohi, sofdil qalbi orqali adolat qidiradi. Mark Tven hayotga doimo bola qalbi bilan qarab, adolatga bolalarcha beg’uborlik bilan yechim topishga intildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur sahna asari O‘zbekiston davlat satira teatrida ham namoyish etilgandi.