Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida xalqaro aloqalar samaradorligi va rektor huzuridagi o’tkazilgan yig’ilishda belgilab berilgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

Yig’ilish avvalida cholg‘u ijrochiligi va musiqa nazariyasi kafedrasi dotsenti Sedix Tatyana Tomovnaga san’atshunoslik fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi diplom tantanali ravishda topshirilib, uning keyingi faoliyatiga ham omad tilandi.

Yig‘ilishda institutning xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan imzolangan memorandumlar ijrosini ta’minlash hamda hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Bu borada yanvar oyida Xitoy xalq Respublikasining 5 ta oliy ta’lim muassasasi bilan erishilgan kelishuvlarni amaliy jihatan hayotga tadbiq etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yig’ilishda kontrakt va talabalar turar joyi to’lovlarining holati monitoring qilinib, zaruriy ko’rsatmalar berildi.