ugun O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida «Sahna nutqi masalalari: muammo va yechimlar» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi.

Anjumanni kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev bugungi axborot asrida insonlarga ma’lumotni yetkazib berishda texnik imkoniyatlar bilan bir qatorda axborot yetkazuvchining nutqi va uning ta’sirchanligi ham muhim ahamiyatga ega ekanligini, shu bilan birga, sohada tadqiq qilinishi, o‘rganilishi lozim bo‘lgan jihatlar ham ko‘pligini, bugungi anjuman sohaning ayni paytdagi mavjud muammolariga yechim topishda hamda rivojiga hissa qo’shuvchi muhim tavsiyalarga boy bo‘lishiga umid bildirib, konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi.

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, oliy toifali suxandon Nasiba Ibragimova san’atkorning sahnadagi nutqi, intonatsiyasi, nutqining ravonligi kabi jihatlarni ilmiy tahlil qilish, televedeniye, teatr, kino va umuman madaniyat va san’at sohasi rivoji uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etdi hamda o’zbek suxandonligi tarixi, bugungi kundagi tendensiyalari va ertangi rivojiga doir fikr-mulohazalarini bildirib o’tdi.

Konferensiyaning yalpi majlisida “Respublika teatrlarida sahna nutqining dolzarb muammolari”, “Sahna nutqi tarixini tizimli o‘rganishning dolzarbligi”, “Kөrkem өner mektebin jaratqan aktyor”, “Talaffuz ifoda tizimlarini takomillashtirishda tovushli birikmalar” va boshqa ko‘plab e’tiborli ma’ruzalar yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.

Shundan so‘ng ilmiy anjuman “Sahna nutqi tarixini tizimli o‘rganishning dolzarbligi”, “Aktyorlik mahorati va sahna nutqi fanlarining o‘zaro uyg‘unligi: nazariy va amaliy masalalari, muammolari, yechimlari”, “Teatr, kino, televideniye va radioda sahna nutqi: yutuqlar, dolzarb muammolar va yechimlar”, “San’at va madaniyat sohasida malakali kadrlar tayyorlashda sahna nutqi metodikasidagi yangi izlanishlar, muammolar va yechimlar” nomli sho‘balarda davom ettirildi.