21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda. Bu kun yurtimizda o‘zgacha shukuh bilan o‘tkaziladigan aziz bayramlarimizdan biriga aylandi.

✔️Yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Oʻzbek tili bayrami kuni keng nishonlanmoqda.

Xususan, institutning O‘quv teatrida ushbu bayram munosabati bilan “Ona tilim faxrim” deb nomlangan bayram dasturi tashkil etildi.

⚡️Tadbir avvalida filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Mengliyev, pedagogika fanlari doktori, professor G‘ofirjon Hamroyev, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, iste’dodli yozuvchi Javlon Jovliyev hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori, shoira Sayyora To‘ychiyevalar so‘zga chiqib, bugun o‘zbek tilining mavqeyi kun kundan oshib, chet davlatlarda ham uni o‘rganuvchilar soni oshib borayotganini, shu bilan birga, tilimizning qadrini yanada yuksaltirish uchun har birimiz mas’ul ekanligimizni ta’kidlab, barchani bayram bilan muborakbod etishdi.

Shundan so‘ng tadbir milliy tilimizni, chin insoniy tuyg‘ularni tarannum etuvchi milliy va zamonaviy kuy-qo‘shiq va raqslar bilan davom ettirildi.