O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ikkinchi mutaxassislik boʻyicha taʼlim olish istagida hujjat topshirgan abituriyentlar uchun suhbat boʻlib oʻtmoqda.
Institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev mazkur jarayonlarni bevosita kuzatib bormoqda.
Suhbat jarayoni shaffof va adolatli ruhda o‘tkazilmoqda hamda jonli efirda onlayn tarzda namoyish etilmoqda. Imtihon natijalari shu kunning o‘zida oliygohning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali e’lon qilinadi.
Mazkur jarayon orqali talabgorlarning ilmiy-ijodiy qobiliyati baholanib, munosib nomzodlarga ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘z bilimlarini yanada mustahkamlash imkoniyatini yaratadi.