O'zDSMi va Tyanjin aloqa instituti o'rtasida talaba almashinuvi bo'yicha shartnoma imzolandi

Shu kunlarda Xitoy poytaxti Pekin shahrida O’zbekiston-Xitoy ta’lim forumi bo’lib o’tmoqda.

Ushbu forumda O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b. Eldor Shermanov hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Sobir Jumayev ishtirok etmoqda.

Bugun forum doirasida Tyanjin aloqa instituti rahbariyati bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o’rnatish bo’yicha uchrashuv bo’lib o’tdi. Tomonlar notiqlik san’ati, art-menejment va IT sohasida professor-o’qituvchilar va talaba almashinuvini ko’zda tutuvchi ikki tomonlama shartnoma imzolashdi.