O'zDSMI Farg'ona filiali

Filial haqida

    O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali 2017 yil 16 avgustda milliy san’atimiz va madaniyatimizning qadimiy markazlaridan biri bo‘lgan, ko‘plab atoqli san’at va madaniyat namoyandalari yetishib chiqqan Farg‘ona vodiysining bu boradagi alohida o‘rni va nufuzini, ijodiy salohiyatini hisobga olgan holda, iste’dodli yoshlarni o‘zbek va jahon san’atining yuksak namunalari ruhida tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyat va intilishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ro‘yobga chiqarish, Farg‘ona vodiysi viloyatlari uchun teatr, xalq ijodiyoti sohasi bo‘yicha aktyorlar, madaniyatshunoslik va san’atshunoslik yo‘nalishida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan tashkil etilgan. Hozirgu kunda filialimizda “Teatr san’ati: musiqali teatr aktyorligi”, “Musiqali teatr rejissyorligi”,”Qo`g`irchoq teatri aktyorligi”, “Xalq ijodiyoti: folklyor va etnografiya”, “Ashula va raqs”, “Kutubxona va axborotlashtirish” yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Filial talabalari to’laqonli bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Jumladan, yo’nalishlar bo’yicha mahorat xonalari, raqs va sahna harakatlari studiyalari, yakka mashg’ulotlar xonalari, axborot resurs markazi, lingofon xonasi, kompyuter xonasi, ovoz yozish studiyasi, qo’g’irchoqlar yasash xonasi, grimm xonasi, konferensiyalar zali talabalar o’z bilim va mahoratlarini oshirishlari uchun faoliyat yuritmoqda.

Batafsil: dsmi-qf.uz