
Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori Baxtiyor Yakubov Belarus davlat madaniyat va san’at universitetiga taşrif buyurdi.
Taşrif doirasida universitet rektori Natalya Karçevskaya, ilmiy işlar böyiça prorektori Yelena Korsakova hamda xalqaro aloqalar bölimi boşliği Vadim Samatiya bilan uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuvda ikki oliy ta’lim muassasasi örtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş, ilmiy va ijodiy loyihalarni amalga oşiriş, talabalar hamda professor-öqituvçilar uçun yangi imkoniyatlar yaratiş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, tomonlar örtasida hamkorlik şartnomasi imzolandi. Mazkur kelişuv doirasida qöşma ilmiy konferensiyalar, talabalar teatr festivallari, yoşlar taşabbuslari va madaniyatlararo loyihalarni amalga oşiriş rejalaştirilgan.
Taşrif davomida Baxtiyor Yakubov universitet muzey ekspozitsiyasi bilan tanişdi, Xoreografiya kafedrasida taşkil etilgan amaliy maşğulotni kuzatdi hamda universitetning köp funksiyali sport-madaniyat markazi imkoniyatlari bilan yaqindan tanişdi.
Mazkur hamkorlik Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Belarus davlat madaniyat va san’at universiteti örtasida ta’lim, ilm-fan va ijodiy yönalişlardagi aloqalarni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.

