
✔️Tashrif davomida u institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev bilan uchrashdi. Ushrashuvda rektor, mehmonni Davlatimiz rahbari tomonidan san’at va madaniyat sohalarining rivojiga qaratilayotgan e’tibor, sohada olib borilayotgan islohotlar, bugungi o‘zbek san’atining yutuqlari hamda institut tarixi, faoliyati, xorijiy aloqalari, ilmiy-ijodiy sohalarda erishilayotgan yuqori natijalar bilan yaqindan tanishtirib o‘tdi.
⚡️Ta’kidlash o‘rinliki, Skand Tayal janoblariga O‘zbekiston va o‘zbek madaniyati begona emas. Uzoq yillik diplomatik tajribaga ega bo‘lgan mehmon 2005-2008-yillarda Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi sifatida faoliyat olib borgan.
✔️U Diplomatik faoliyati davomida 7 ta davlatda elchi sifatida ishlagan bo‘lsa, uning uchun eng qadrlisi yurtimizdagi faoliyati bo‘lganini ta’kidladi. Shuningdek, mamlakatimizda so‘nggi sakkiz yilda amalga oshirilayotgan olamshumul o‘zgarishlarni doimo katta qiziqish va mamnuniyat bilan kuzatib borayotganini qayd etib o‘tdi.
⚡️Shu bilan bir qatorda, institut faoliyati unda ijobiy taassurot qoldirgani, kelgusida Hindistonda san’at va madaniyatga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasasi bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘rtasida hamkorlik o‘rnatilsa, bu aloqalar juda istiqbolli bo‘lishini va bunday hamnkorlik o‘rnatilishi uchun ko‘mak berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.