Mazkur anjumanda yurtimiz va jahon darajasidagi nufuzli mutaxassislar, olimlar, shuningdek, institut professor-o‘qituvchilari hamda doktorantlari ishtiriok etdilar.

Anjuman doirasida tashkil etilgan yalpi majlisni institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev kirish so‘zi bilan ochib berdi.
U dastlab, bugungi kunda institutda ilmiy yo’nalishda amalga oshirilib kelinayotgan ishlarga to’xtalar ekan, joriy yilda aynan xalqaro anjumanlarning soni va salmog’i yanada kengayganini mamnuniyat bilan tilga oldi.

Suningdek, u o‘z so‘zida so‘nggi yillarda O‘zbekistonda folklorshunoslik sohasida amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar, ekspeditsiyalar, raqamlashtirish ishlari, hududlar bo‘yicha yangi folklor qatlamlarini aniqlash va ilmiy muomalaga kiritish kabi faoliyatlar diqqatga sazavor ekanligini ta‘kidladi.


Hurmatli Prezidentimizning madaniy merosni asrash, folklor va an’anaviy san’atni ilmiy о‘rganish hamda xalqaro miqyosda targ‘ib etishga oid qaror va farmonlari bu yо‘nalishdagi ilmiy izlanishlarga katta turtki berganini alohida tilga oldi.
N.Sayfullayev barcha mehmonlarga tashrif uchun minnatdorlik bildirib, anjuman ishiga omad tiladi.

A.Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi direktori, filologiya fanlari doktori, professor Jappor Eshonqulov o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etish bilan birga moderator sifatida ham anjumanni olib bordi.

Anjumanning yalpi majlisida qator mutaxassislar va olimlar о’z ma’ruzalari bilan chiqish qildilar.

Jumladan, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti professori, falsafa fanlari doktori Serali Tleubayevning “Игроваya культура в развитии тюркского фольклорного искусства и синтез казахского и узбекского фольклора” mavzusidagi, Qirg‘iziston-Turkiya Manas universiteti doktori Gökcan Çelikning “Türk dünyasi edebiyatlari arasinda aktarim olgusu: özbekçeden türkçeye edebî metin aktarimlari üzerine bir değerlendirme” mavzusidagi, Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Baljan Tleubayevaning “Сравнительно-типологический анализ казахского фольклора в контексте тyuркской и мировой фольклорной традиsии” mavzusidagi, Qozon davlat madaniyat instituti professori, pedagogika fanlari nomzodi Alsu Yenikeyevaning “От идегеya к гуругли: сознание героизма в татарском и узбекском eпосах” mavzusidagi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori O‘razali Tashmatovning “Baxshilar san’atini baholash masalalarida qiyosiy tahlil” mavzusidagi, Jilin International Studies University, China Siqi Lining “The cultural meaning and architectural heritage of the falun hall, yonghe temple, beijing” mavzusidagi, hamda O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, katta ilmiy xodim, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Barno Mirzayevaning “Folklor arxiviga asos solinishi va taraqqiyoti” mavzularidagi ma‘ruzalari tinglandi.

 

Shundan so’ng ishtirokchilar tadbir doirasida tashkil etilgan “Folklor-millat ko’zgusi” deb nomlangan konsert dasturini tomosha qildilar.
Unda institut o’qituvchi va talabalari tomonidan milliy lapar va folklor tomoshalariga asoslangan kuy-qo’shiqlar ijro etildi.

Shuningdek, konferensiya “O‘zbek folklorini jahon xalqlar folklori bilan qiyosiy o‘rganish” hamda “lingvofolkoristika, til, adabiyot va madaniyat masalalari” mavzularida sho‘balar kesimida davom ettirildi.

Yalpi majlis so’ngida ma’ruzachilar sertefikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Konferensiya ma’ruzlari to‘plam sifatida nashr etildi.