O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlarning oliy ta’lim muassasalariga kirishi uchun taqdim etilgan davlat grantlari doirasida tanlov e’lon qiladi.
Xorijdagi vatandoshlar uchun davlat grantlariga o’tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etish uchun talabgorlarga quyidagi talablar belgilanadi:
– shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida o’zi yoki ota-onasi yohud momosi: etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan o’zini o’zbek yoki qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs bo’lishi;
– O’zbekiston hududida tug’ilib, istiqomat qilgan, biroq, hozirda xorijda doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs bo’lishi;
– xorijiy fuqaro sifatida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ro’yxatdagi bakalavriat ta’lim yo’nalishlaridan biriga abituriyent sifatida ro’yxatdan o’tib, suhbat natijalariga ko’ra talabalikka tavsiya etilgan bo’lishi;
– 30 yoshga to’lmagan bo’lishi;
– o’zbek tilini bilishi lozim.
Arizalar joriy yilning 5-sentabridan 20-oktyabr kuniga qadar qabul qilinadi.