Yig‘ilishda prorektorlar, rektor maslahatchisi fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etdilar.

Dastlab, N. Sayfullayev 11-noyabr — O‘zbekiston Kasaba uyushmalari xodimlari kuni munosabati bilan so‘z yuritib, kasaba uyushmalarining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati xususida o’z fikr va mulohazalarini bildirdi.

U o‘z so‘zida Hurmatli Prezidentimizning 2025-yil 17-oktabr kuni O‘zbekiston Kasaba uyushmalari faollari bilan uchrashganini eslab o‘tdi.

Shuningdek, bu uchrashuv davomida Davlatimiz rahbari kasaba uyushmalari harakati a’zolariga o‘zining yuksak hurmati va ezgu tilaklarini bildirganini ta’kidladi.

N.Sayfullayev institut Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Baxtiyor Yuldashevni ushbu sana munosabati bilan institut jamoasi nomidan qizg’in tabriklab, tashakkurnoma topshirdi. Uning kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Taqdirlash marosimida O’zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari respublika kengashining bosh mutaxassisi Umid Xalikov hamda O’zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar birlashgan qo’mitasi raisi Muhayyo Xolboyevalar ham ishtirok etib, Baxtiyor Yuldashevga “O’zbekiston Kasaba uyushmalarining 120 yilligi” ko’krak nishonini topshirishdi.

Shundan so‘ng yig‘ilish kun tartibidagi masalalarga o‘tildi.

Kun tartibida quyidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi:


– Institutda yoshlar bilan ishlash hamda ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida (TTJ va ijarada yashovchi talabalar bilan ishlash);


Fakultetlar kesimida talabalarning haftalik (3-8 noyabr xolati) davomati,
2025/2026-o‘quv yili 5-kurs sirtqi ta’lim shakli talabalarining Yakuniy nazorat natijalari va 4-kurs sirtqi talabalarni o‘quv mashg‘ulotlarga jalb qilish, 2025 yil uchun rejalashtirilgan maqsadli investisiyalarni amalga oshirilishi, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha universitetlar bilan imzolangan memorandumlar, tuzilgan (O‘zbekiston-Xitoy, O‘zbekiston-Italiya, O‘zbekiston-Turkiya, O‘zbekiston-Ozarbayjon) “Yo‘l xarita”larida belgilangan vazifalar ijrosining bajarilishi;

Kafedralarning reyting indikatorlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
Tijoratlashtirish bo‘yicha (kafedralar kesimida) amalga oshirilgan va rejalashtirilgan ishlar;


2025/2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati;
Ijro intizomi holati masalalari ko’rib chiqildi.

❗️Muhokamalar yakunida
har bir masala yuzasidan mas’ul shaxslarga aniq topshiriqlar berildi.

Rektor har bir yo‘nalishda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini qat’iy nazoratga olish zarurligini ta’kidladi.