✔️Yig‘ilishda barcha prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish kun tartibida talabalarning hafatalik davomati, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ma’naviyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kafedralarda mavjud to’garaklar faoliyati, 2024/2025-o‘quv yili kuzgi semestri bo‘yicha professor-o‘qituvchilarning HEMIS platformasida o‘quv mashg‘ulotlarini rasmiylashtirishi hamda fakultet va kafedralarning o‘quv-uslubiy, ilmiy-metodik faoliyatlarini o‘rganish to‘g‘risida, 2025-yil uchun rejalashtirilgan maqsadli investitsiyalar va grant loyihalarini amalga oshirilishi, xalqaro hamkorlik bо‘yicha xorijiy universitetlar bilan imzolangan memorandumlar, tuzilgan «Yо‘l xarita» larida belgilangan vazifalar ijrosining bajarilishi, tо‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalar tomonidan tо‘lovlar amalga oshirilish holati, ijro intizomi kabi masalalar muhokama qilindi.

❗️Ushbu masalalar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi hamda barcha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.