Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev O‘quv teatrida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist «Qo‘g‘irchoq teatri san’ati» kafedrasi dotsenti Fatxulla Xodjayev hamda mazkur kafedra katta o‘qituvchisi Ulug‘bek Musinov tomonidan sahnalashtirilgan Qo‘g‘irchoq teatri aktyorligi ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalarining “Buyumlarda bugungi dunyo falsafasi” deb nomlangan sinf konserti namoyishida ishtirok etdi.

Konsert dasturidagi “Yarashuv”, “Taqdir”, “Quvnoq oyoqchalar”, “Hayot”, “Oshxonadagi Mojoro”, “Ayriliq”, “Don Juan”, “Kurash” kabi har bir estrada chiqishlarida bugungi kun hayoti, mummolar, insoniy tuyg‘ular buyumlar vositasida ochib berilgan.

Albatta, barchamiz qo’g’irchoq teatri deganda biror bir qahramon timsoli sifatida yaratilgan teatr qo’g’irchog’ini tushunamiz. Bugungi tomoshada esa qo’g’irchoq teatri san’atining yanada keng qamrovli ekanligi, hatto buyumlar vositasida ham mavjud muammolar sahnaviy talqinga ega bo’lishi mumkinligi namoyon bo’ldi.