Bugun Adiblar xiyobonida “O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishining 35 yilligi” munosabati bilan «Milliy qadriyatlar sayli» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Shuningdek, tadbirda bugun o’zbek tilining mavqeyi jahon miqyosida ham oshib, o’rganish ishtiyoqidagi qiziquvchilar soni ham ko’payib borayotgani ta’kidlandi.
Bir qator oliy ta’lim muassasalari hamkorligida tashkil etilgan hamda turli ko’rgazmalar va musobaqalarga boy o’tgan tadbirda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlari ham o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari bilan ishtirok etib, mehmonlarga xush kayfiyat ulashdi.