Joriy yilning 21-iyun kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev oliygohning Farg‘ona filialiga tashrif buyurib, filialda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar, o‘quv binolari holati, axborot-resurs markazi faoliyati hamda 2024/2025-o‘quv yiliga qabul jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan turli musobaqalar va tanlovlarda erishilgan natijalar, filialda yaratilgan sharoitlar va o‘quv jarayonining samaradorligi o‘rganildi.