Hech sir emaski, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ayni paytda o‘z ijodi bilan tanilib ulgurgan hamda respublika va xalqaro tanlovlarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan bir qancha iqtidor egalari tahsil olishmoqda.

Bugun institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev ana shunday iste’dodli talabalardan “Xush kayfiyat” respublika kо‘rik-tanlovi sovrindori Teatr san’ati fakulteti Musiqali teatr aktyorligi ta’lim yо‘nalishi sirtqi ta’lim bitiruvchi kurs talabasi Bahodir Fozilov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda institut rektori Bahodir Fozilovni “Xush kayfiyat” kо‘rik-tanlovida faxrli 2-o’rin sohibi bo‘lgani bilan yana bir bor muborakbod etib, kelgusi ijodiga ulkan zafarlar tiladi.

Shuningdek, kelajakda yoshlar tarbiyasiga oid, ularni ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan kontentlar yaratish, monospektakllar sahnalashtirish lozimligini, institut rahbariyati uning yangi ijodiy loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga doimo tayyor ekanligini ma’lum qildi.

O‘z o‘rnida, talaba ham bunday e’tibordan mamnun ekanligini bildirib, kelgusida o‘z ijodida, albatta, bu tavsiyalarga amal qilishini aytib o‘tdi.

Suhbat jarayonida Bahodir Fozilov institutning “O‘quv teatrida” faoliyat yuritish istagini bildirdi hamda uning bu istagi ham qo‘llab-quvvatlandi.