Kafedra mudiri:
“Jahon tillari va adabiyoti” kafedrasi

Ismoilov Hamdamjon

Qabul kunlari: Dushanba, Chorshanba: 14:00-17:00

Telefon:71 230 28 50

📧 e-mail:

Kafedra qisqa tarixi

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 04-iyuldagi №1771-PQ-sonli Farmoniga ko`ra O‘zbekiston davlat san’at instituti va Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti negizida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tashkil etildi. A.Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutining “O‘zbek va jahon filologiyasi” va O‘zbekiston davlat san’at institutining “Tillar va adabiyot” kafedralari negizida yangi “Tillar va adabiyot” kafedrasi tashkil etilldi.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

Kafedra professor-o‘qituvchilari “O‘zbek adabiyoti”, “Jahon adabiyoti” fanlaridan “Nutq madaniyati”, “Filologiyaga kirish” fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlari olib boradilar, “Ingliz tili”, “Rus tili”, “O‘zbek tili”, “O’zbek tilining amaliy grammatikasi” va “Nutq madaniyati” fanlaridan amaliy mashg‘ulotlari olib boriladi.

Kafedraning professor o‘qituvchilarining tarkibi: Hozirgi kunda kafedrada 14 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi, ularning 2 nafar fan doktori, professor, 5 nafari fan nomzodi, dotsent, 3 nafari katta o‘qituvchi, 4 nafari o‘qituvchi.

“Tillar va adabiyot” kafedrasi professor-o‘qituvchilari haqida ma’lumot:
  1. Ismoilov Hamdamjon kafedra mudiri, katta o‘qituvchi
  2. Rahmonov Nasimxon Asqarovich filologiya fanlari doktori, professor
  3. Yuldashev Ma’ruf Muhammadjonovich filologiya fanlari doktori, professor
  4. Ramazanova Shoira Rixsibayevna filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
  5. Mahmudova Sevara Irisaliyevna kafedra dotsenti, filologiya fanlari nomzodi.
  6. Isakova Go‘zalxon Ne’matovna kafedra dotsenti v.b., filologiya fanlari nomzodi.
  7. Maxmudov Jasur O’tkirovich filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
  8. Sadikova Mukaddam Islamovna kafedra katta o‘qituvchisi.
  9. Usmanova Xumora Ahmadjonovna kafedra katta o‘qituvchisi.
  10. Abduxalikova Dilfuza Abdumajitovna kafedra katta o‘qituvchisi.
  11. Shomuradova Dilbar Abdishukurovna kafedra o‘qituvchisi.
  12. Ishanbekova Nodira Rashatbekovna kafedra o‘qituvchisi.
  13. Aripova Gulnoza Tulkunovna kafedra o‘qituvchisi.
  14. Bahromova Iroda Tohirovna kafedra o‘qituvchisi.
Kafedraning ilmiy ishlari (ohirgi 5 yilda chiqarilgan darsliklar, monografiyalar va o‘quv qullanmalar ro‘yxati):

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent R.O.Jomonov “O‘zbek tilida o‘zlashgan so‘zlar va ularning imlosi” nomli ilmiy monografiyasi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent G.N. Isakova “Qilmoq fe’lining semantikasi” nomli ilmiy monografiyasi, filologiya fanlari doktori, professor M.M.Yuldashevning “Badiiy matn lingvopoetikasi” nomli monografiyasi, fililogiya fanlari nomzodi, dotsent J.Maxmudovning “Pahlavon Mahmud Puryorvaliy” nomli monografiyasi.

Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari:
  1. O’zMU “ Horijiy filologiya” fakulteti, rus tili kafedrasi
  2. TDPU “O’zbek tili va adabiyoti” fakulteti
  3. O’zMU “Horijiy filologiya” fakulteti, “Tarjima nazariyasi” kafedrasi