
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bo‘lib turgan Koreya Respublikasining Geochang teatr maktabi talabalari va professor-o‘qituvchilarining tajriba almashinuvi davom ettirildi.
✅Bugun O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Sahna harakati va jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti Nazriddin Shermatov “Andijon polkasi” raqsi harakatlari asosida “O‘zbek raqs maktablari” mavzusida mashg‘ulot olib bordi.
✅Shuningdek, Vokal kafedrasi mudiri, dotsent Saodat Muzaffarova tomonidan esa “Dasturiy asarda musiqiy va adabiy matnlar ustida ishlash” mavzusida mahorat darsi olib borildi. Ushbu mashg‘ulot uchun Farrux Zokirovning “Toshkentim-onam” qo‘shig‘i tanlandi.