
❗️Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzurida navbatdagi san’atshunoslik fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy Kengash asosida bir martalik Ilmiy kengashning yig‘ilishi о‘tkazildi.
Unda dastlab Gavhar Nazarovaning 17.00.03 – Kino san’ati. Televideniye ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekiston zamonaviy hujjatli kinosining rivojlanish tendensiyalari evolyutsiyasi” mavzusidagi san’atshunoslik fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.
Ushbu dissertatsiya ishi san’atshunoslik fanlari doktori, professor Muhabbat Tulyaxodjayeva ilmiy rahbarligida yozildi.
Tadqiqot o‘zbek kinoshunoslik fanida ilmiy-nazariy ma’lumotlar ko‘lamini kengaytiradi, filmlar tahlili, kinohujjatchilar izlanishlari, hujjatli kino tarixi va nazariyasi fanlarini o‘qitishni takomillashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, mazkur tadqiqotdan kelajakda hujjatli kino tarixi va nazariyasini o‘rganayotgan soha mutaxassislari, kino ijodkorlar va talaba-yoshlar muhim manba sifatida foydalanishi mumkin.