O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Folklor va etnografiya” kafedrasi dotsenti Dilorom Muhammedovaning “Dilga orom qo‘shiqlar” nomli sinf konserti o‘tkazildi.

✅Konsert dasturida Dilorom Muhammedovaning shogirdlari tomonidan ijro etilgan “Arava” (o‘zbek xalq qo‘shiqlaridan termalar), “Oq bilak oyim anjonlik”(o‘zbek xalq qo‘shig‘i), “Do ‘ppigina” (duet, o‘zbek xalq qo‘shig‘i), “Azim daryo” (o‘zbek xalq qo‘shig‘i), “Do‘mbiram”(Surxon xalq qo‘shig‘i), “ Ey nigori nozanin” (lapar, Buxoro xalq qo‘shig‘i), “Mutti-mutti (o‘zbek xalq qo‘shig‘i), “Lapar”, “O‘zbek xalq qo‘shiqlaridan termalar”, “Olaman deydi (Xorazm xalq qo‘shig‘i, “Andijon boray dedim” (o‘zbek xalq qo‘shig‘i), “Aytishuv va qo‘shiqlardan termalar” kabi kuy-qo‘shiq va folklor ijrochiligi namunalari barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Ta’kidlash o‘rinliki, konsertda institute qoshidagi “E’zoz” sozandalar ansanbli ijrochilarga jo‘r bo‘lib tadbirning yanada fayzli o‘tishiga munosib hissa qo‘shdi.