Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida mamlakatimiz miqyosida sport sohasida muvaffaqiyatli natijalar qayd etgan sportchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan davra suhbatida mazkur oliy ta’lim muassasasining «Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyoti» hamda «Yakka kurash turlari» kafedralari qoshidagi ta’lim yo‘nalishlari talabalari bo‘lgan muaytay bo‘yicha sport ustalari — Shahriyor Rashidov va Alisher Komiljonov hamda belbog‘li kurash bo‘yicha jahon va O‘zbekiston chempioni Og‘abek Amatbayev sportga kirib kelish tarixi, erishgan natijalari, bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li to‘g‘risida o‘z taasurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Bunday tadbirlardan maqsad sport va san’at vakillari o‘rtasida do‘stona aloqalarni yo‘lga qo‘yish, sportchilar uchun ijodiy, oliygohimiz talabalarimiz uchun esa sog‘lom turmush tarziga oid qiziqish va ko‘nikmalarini shakllantirish hisoblanadi.