O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan talaba-yoshlar uchun bir qator sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari tashkil etildi. Jumladan, stol-tennisi, shaxmat, shashka, tosh ko’tarish va futbol kabi sport turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazildi. Tadbirlar milliy cholg’ularimiz sadolari, kuy-qo’shiqlar ostida, yuqori kayfiyatda bo’lib o’tdi. Ushbu jarayonda institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev ham ishtirok […]


