O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Adiblar xiyobonida “Vatan madhi qalblarda mangu” mavzusidagi hisobot konserti bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamkorligida tashkil etildi. Tadbirni Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi Abduhalil Mavrulov, Madaniyat vaziri o’rinbosari Murodjon Majidov, […]
