Yig‘ilishda yurtimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish bо‘yicha qilingan ishlarga baho berilib, kelgusi vazifalar belgilandi. Davlatimiz rahbari 55 ta aniq maqsadga yо‘naltirilgan tashabbuslarni ilgari surdi. Ular doirasida 5 ta qonun, 12 ta farmon va qarorlar ishlab chiqiladi. Bugun О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev rahbarligida ushbu yig‘ilishda belgilangan dolzarb vazifalar ijrosini […]
