
Konsertga barcha xotin-qizlar milliy liboslarda tashrif buyurishdi hamda ularni milliy kiyimdagi yigitlar gul bilan qarshi oldi.
Konsert avvalida institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev institutda faoliyat olib borayotgan ayol-qizlarni qutlug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt va omad tiladi.
Shuningdek, ushbu bayramni ham institut jamoasi katta quvonch va muvaffaqiyatlar bilan qarshi olayotganini, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan “Estrada aktyorligi san’ati” ta’lim yо‘nalishi 3-bosqich talabasi Nasiba Sodiqova Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori bо‘lgani, “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti Sayyora Tuychiyeva esa «Mо‘tabar ayol» kо‘krak nishoni bilan taqdirlanganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Konsert dasturida «Onajonimga – izhor» kompozitsiyasi, «Onajon ka’bam o’zing» she’riy monologi, «Chodir jamol» bayram hazil tomoshasi, «8-mart bayram hazili», «Lazer show» kabi sahnaviy chiqishlar hamda «Bo‘ylaringga», «Aylab keling», «Keldi bahor», «Dilbarim», «Tut i tam», «Mustahzod», «Dilxiroj», «Gal-gal», «Xumoriman», «Qirmoni do’st», Go’zal janon», «Qora muniq nayerdasan», “Ayol madhi” kabi kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.