Yig‘ilishda barcha prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va tyutrolar ishtirok etdi.

✅Tadbir avvalida institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i, institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Baxtiyor Yuldashevning qutlug’ 70 yoshi bilan samimiy muborakbod etdi hamda unga uzoq yillik faoliyati moobaynida ta’lim, san’at va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi va jamoatchilik ishlaridagi faolligi uchun “Faxriy yorliq” va esdalik sovg’asi taqdim etildi.

Tanqidiy va tahliliy tarzda o‘tkazilgan yig‘ilish ikki qismdan iborat bo‘ldi.

✅Dastlab talabalarning haftalik davomati, 2024/2025-о‘quv yili qishki semestrda sirtqi ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha о‘quv jarayolarini tashkil etilishi, reyting indikatorlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, ijro intizomi kabi masalalar muhokama qilindi.

Ushbu masalalar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi hamda barcha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishning ikkinchi qismida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Shohbek Ergashev, Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo’yicha rektor maslahatchisi Alisher Ishchanov, Institut prafilaktika inspektori Fayzulla Akbarov, fakultet dekanlari, o’rinbosarlari va tyutorlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan institutda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

❗️Ushbu masala yuzasidan fikr bildirar ekan institut rektori bugun talabalarga sifatli ta’lim berish qanchalik muhim bo‘lsa, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash ham shunchalik ahamiyatli ekanligini, ularni turli to‘garaklar, sport mashg‘ulotlari, kitobxonlikka jalb etish lozimligini ta’kidladi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va talaba yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.