Aziza Begmatova

Aziza Begmatova (07.09.1943)

    Aziza Begmatova 1943-yil 7-sentyabr sanasida Surxandaryo viloyatida tug‘ilgan. Aktrisaning bolaligi urush yillariga to‘g‘ri kelgan shu sababdan u bolalar uyida katta bo‘lishga majbur bo‘lgan. Maktabni tamomlagach aktrisa bo‘lgan qiziqishi tufayli Toshkent teatr va rassomchilik san’ati oliygohida tahsil olgan. U o‘z faoliyatini Abror Xidoyatov nomidagi O‘zbek davlat drama tearida boshlagan. Aziza Begmatova hozirgacha 50 dan oshiq film va spektakllarda qatnashgan. U nafaqat o‘zbek kinosida balki bir nechta rus filmlarida ham suratga tushgan. Ushbu aktrisa o‘zbek tomoshabinlariga “Checha” nomli spektaklidagi Checha obrazi orqali tanilgan. Shu boisdan ko‘pchilik tomoshabinlar aktrisa haliga “Checha” nomi bilan tanishadi. Aktrisa o‘zining san’at sohasidagi ko‘p yillik xizmatlari uchun “O‘zbekiston xalq artisti” unvoni bilan taqdirlangan. Hozirgi kunda 76 yoshdagi Aziza Begmatova hali ham o‘zining aktrisalik faoliyatini davom ettirib kelmoqda.