Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi tomonidan Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan hududda yurtimizda davom etayotgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi bo‘yicha kuzgi daraxt ekish mavsumida 200dan ortiq ko‘chat o‘tqazildi. Tadbirda institut rahbariyati, taniqli san’at arboblari hamda tuman hokimligi vakillari bevosita ishtirok etdi. «Xalqimizda ‘Yaxshidan bog‘ qoladi’, degan naql bor. Biz ham tabiatni […]


