Bugun O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Hindistonning mamlakatimizdagi elchixonasi qoshidagi Lal Bahodir Shastri nomidagi madaniyat markazi bilan hamkorlikda mashhur hind sozandasi Kunal Kale tomonidan mahorat darsi tashkil etildi. Mehmonni kutib olgan institutimiz ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Sobir Jumayev Kunal Kalega tashrifi uchun minnatdorchilik bildirib, oliygohimizning maxsus esdalik sovg’asini taqdim etdi. Mahorat darsi […]


