О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti kengashining 11-sonli yig‘ilishi bo’lib o’tdi. Institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev raisligida o’tgan ilmiy kengash avvalida Oliy attetstatsiya komissiyasi qaroriga ko’ra dotsent ilmiy unvoniga loyiq ko’rilgan sahna harakati va jismoniy madaniyat kafedrasi o’qituvchisi Ostanina Olga Anatolevnaga dotsentlik attestati topshirilib, uning kelgusi faoliyatiga ham omad tilandi. Shundan so’ng kengash kun tartibiga […]


