Joriy yilning 16-19-sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi ijodiy va ilmiy ziyolilarining XVII forumi bo’lib o’tdi. “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi: umumiy qadriyatlar va madaniyatlar xilma-xilligi” mavzusida bo‘lib o‘tgan ushbu forumda O’zbekiston madaniyat vaziri o’rinbosari Murodjon Majidov rahbarligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi tarkibida ishtirok etdik. Forumning tantanali ochilish marosimi 17 sentyabr kuni “Toratau” kongress holida […]
