Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev O‘quv teatrida «Estrada va ommaviy tomoshalar san’ati» kafedrasi mudiri, professor Temur Rashidov tomonidan «Estrada aktyorligi san’ati» ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabalari bilan birgalikda sahnalashtirilgan “Allegoriya” deb nomlangan spektaklining namoyishida ishtirok etdi.

Buyuk mutafakkir alloma Jaloliddin Rumiyning hikmatlari asosida sahnalashtirilgan mazkur spektakl umumbashariy qadriyatlar – tinchlik, ezgulik, go’zallik, insoniylik, or-nomus, odob-axloq, olijanoblik kabi mavzularni qamrab olgan bo‘lib, 16 ta sahnadan iborat.

Har bir sahna mutafakkirning bir hikmati asosiga qurilgan bo‘lib, ushbu hikmatning mazmun-mohiyati haqida tushuncha beradi.

Spektakl soha mutaxassislari tomonidan iliq kutib olinib, professional rejissura, zamonaviy uslubdagi aktyorlik ijrosi, sahna madaniyati, ssenografiya, musiqa va yoritish bezagi alohida e’tirof etildi.