✅ O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalarining Adiblar xiyoboniga tashriflari davom etmoqda.
Bugun Muhammad Yusuf haykali qoshida institut professori, taniqli shoira Sayyora To’ychieva shoir ijodiy merosini borasida «Vatan mening shamsimohim» mavzusida mahorat darsi o’tdi.
Unda O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi raisi o’rinbosari Gayrat Majid, shoirlar Muhiddin Abdusamad, Mansur Jumayev, Doniyor Mirzo va Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti talabalari ishtirok etishdi.
Dars so’ngida ijodkor talabalar o’z ijodlaridan namunalar o’qidilar.
Mustaqillik kuychisi Muhammad Yusuf ijodiyda madaniyat va san’at sohasi borasidagi she’rlar, maqolalar va tarjimalar haqida talaba yoshlarning fikr-mulohazalarini tinglandi.