✅ O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalarining Adiblar xiyoboniga tashriflari davom etmoqda.

❗️Bugun Kino, televideniye va radio san’ati fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Rustam Arolov boshchiligida fakultet talaba-yoshlari ishtirokida xiyobonda ma’naviy-badiiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir avvalida shoir Doniyor Mirzo bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

Doniyor Mirzo Muhammad Yusufning ijodi, nafaqat o‘zbek adabiyoti, balki qo‘shiqchilik san’atida ham alohida bosqichga aylangani, bugun ham qanchadan qancha yoshlar uning she’rini kuyga solib san’at olamiga qadam qo‘yayotganini, o’zi ham bolaligida ushbu shoirning she’rlarini o’qib, yod olib adabiyotga qiziqish ortganini aytib o’tdi hamda barcha yoshlarni kitob o‘qishga, o‘zbek adabiyoti namoyondalari ijodiga ko‘p va xo‘p murojaat qilishga undadi. shuningdek, o’zining ijod namunlaridan o’qib berib yig’ilganlarni xushnud etdi.

O‘z navbatida talabalar ham Muhammad Yusufning she’rlarini yoddan o‘qib berdi.
✅Shundan so’ng institut Yoshlar yetakchisi Izzatullo Tursunpo’latov tomonidan Zakovat intellektual o’yini tashkil etilib, fakultet talabalari o’z bilimlarini sinab ko’rish imkoniga ega bo’ldi.
✅Shuningdek, tadbir sport musobaqalari bilan davom ettirildi. Unda talabalar guruhlarga bo’linib, arqon tortish, shaxmat-shashka kabi sport turlarida o’z mahoratlarini namoyish etishdi.