Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzurida san’atshunoslik fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy Kengash qoshidagi bir martalik Ilmiy seminar yig‘ilishi о‘tkazildi.
Kengashda dastlab Gavhar Nazarovaning 17.00.03 – Kino san’ati. Televideniye ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekiston zamonaviy hujjatli kinosining rivojlanish tendensiyalari evolyutsiyasi” mavzusidagi san’atshunoslik fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.
Ushbu dissertatsiya san’atshunoslik fanlari doktori, professor Muhabbat Tulyaxodjayeva ilmiy rahbarligida yozildi.
Seminarda ta’kidlanganidek, “Tadqiqot o‘zbek kinoshunoslik fanida ilmiy-nazariy ma’lumotlar ko‘lamini kengaytiradi, filmlar tahlili, kinohujjatchilar izlanishlari, hujjatli kino tarixi va nazariyasi fanlarini o‘qitishni takomillashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, mazkur tadqiqotdan kelajakda hujjatli kino tarixi va nazariyasini o‘rganayotgan soha mutaxassislari, kino ijodkorlar va talaba-yoshlar muhim manba sifatida foydalanishi mumkin”.
Shundan so‘ng seminarda Otajon Dostonovning 17.00.03 – Kino san’ati. Televideniye ixtisosligi bo‘yicha “Zamonaviy o‘zbek badiiy kinosida operatorlik san’atining yangi tamoyilari (2000-2020-yillar)” mavzusidagi san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.
Ushbu dissertatsiya san’atshunoslik fanlari doktori, professor Oltinoy Tojiboyeva ilmiy rahbarligida yozildi.
Seminarda ushbu dissertatsiya haqida fikr bildirilar ekan, “Tadqiqot –yaratilgan filmlar tahlili, sahnalashtiruvchi operatorlar izlanishlari, kino san’ati tarixi, kinooperatorlik mahorati, operatorlik ishi nazariyasi va fotokompozitsiya fanlarini o‘qitishni takomillashtirishga xizmat qilishi, shuningdek, undan O‘zbekiston badiiy filmlari bo‘yicha olib boriladigan istiqboldagi tadqiqotlarda, darslik, o‘quv qo‘llanma va turli uslubiy ko‘rsatmalar yaratishda foydalanish mumkinligi ta’kidlandi.
Tadqiqotchilar seminar yakunida xulosalarini bayon qilar ekan, bugun bildirilgan fikr-mulohazalarni albatta, inobatga olishlarini hamda ular asosida ilmiy ishga yakuniy tо‘ldirishlarni kiritgan holda tez orada himoyaga chiqishlarini ma’lum qildi.
Seminar yakuniga ko‘ra har ikkala tadqiqotchining dissertatsiyalari himoyaga tavsiya etildi.