Kafedra mudiri:

Xakimova Muborakxon Yakubjonovna

Mustaqil tadqiqotchi, 1 ta о‘quv qullanma, 1 ta monografiya va 100 dan ortiq maqollar muallifi

Qabul kunlari: har kuni : 15:00-16:00

Telefon: 71 230 28 12

📧 e-mail:

Kafedra qisqa tarixi:
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektorining 2024-yil 2-sentabrdagi 57/1-PO‘P-sonli buyrug‘i bilan “Kutubxonashunoslik” va “Kutubxona fondlari va bibliografiyashunoslik” kafedralarining birlashuvi natijasida “Kutubxona–axborot faoliyati” kafedrasi tashkil etilgan. Kafedra mudiri M.Y.Xakimova. Hozirgi kunda kafedrada falsafa fanlari nomzodi, professor v.b. O‘.Nosirov, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.X.Maxmudov, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, T.D.Bayto‘rayev, filologiya fanlari nomzodi, dotsent S.X.Davlatov, iqtisod fanlari boyicha falsafa doktori, (PhD) dotsent B.S.Usmonov, L.N.Muminxodjayeva, katta o‘qituvchi M.Isxakov, katta o‘qituvchi Y.Mannonov, katta o‘qituvchi I.K.Say, o‘qituvchilar N.P.Ro‘ziyeva, Z.M.Abduganiyeva, D.X.Nurbabayeva, M.V.Grebenyuk, M.I.Matmuradova, Z.Xudoyberdiyevalar faoliyat olib bormoqda.
Kafedraning tarixi 1959 yilda Nizomiy nomidagi TDPU “Kutubxonashunoslik” fakultetida “Kutubxonashunoslik” kafedrasi sifatida tashkil etilgan. Kafedra mudiri sifatida t.f.d.professor O.G.Qosimova faoliyat olib borgan. 1974 yili TDMI tashkil etilishi munosabati bilan kafedra fakultet bilan birgalikda institut qoshida qayta tashkil etildi. Kafedraga t.f.d.professor O.G.Qosimova kafedra mudiri lavozimiga tayinlangan. 1992 yildan boshlab kafedrani pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.M.Rasulov, filologiya fanlari nomzodi S.X.Davlatov, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.X.Maxmudov, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent B.I.G‘aniyeva, falsafa fanlari nomzodi, dotsent O‘.Nosirovlar rahbarlik qilgan. 1980 yildan boshlab “Kutubxona fondlari va bibliografiyashunoslik” kafedrasi “Kutubxonashunoslik” kafedrasidan aloxida ajralib chiqqan. Dastlab kafedraga M.X.Raximova, tarix fanlari nomzodi, dotsent boshchilik qilgan. So‘ngra pedagogika fanlari nomzodi V.V.Sadurskaya, 1993 yildan boshlab, pedagogika fanlari nomzodi, professor E.Y.Yuldashov kafedraga boshchilik qilgan. 2005 yilda “Kutubxona fondlari va kataloglari” kafedrasi “Bibliografiya“ kafedrasi bilan qo‘shilgan va “Bibliografiya va xujjatshunoslik” kafedrasi tashkil etilgan (Kafedra mudiri E.Y.Yuldashev, keyinchalik M.M.Turapov mudirlik qilgan). Ushbu kafedra 2012 yilga qadar, Toshkent davlat madaniyat instituti va Toshkent davlat san’at instituti qo‘shib yuborilguncha faoliyat yuritdi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bir qator monografiyalar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar nashr etilgan. Masalan, O.Qosimova, T.Yesimov “Umumiy kutubxonashunoslik” (darslik), O.Qosimova “O‘zbekistonda kutubxonachilik tarixi” (o‘quv qo‘llanma), A. I. Kormilitsin, M. M Rasulov,S. X. Davlatov “Kutubxonashunoslik ishining nazariyasi va tarixi” (kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma), S.X. Davlatov, O‘.Nosirov, Z.SH.Berdiyeva, A.N. O‘rozov “Kutubxonashunoslik” (o‘quv qo‘llanma), O‘.Nosirov “Kutubxona-axborot xizmati: nazariyasi va amaliyoti” (o‘quv qo‘llanma), O‘.Nosirov “Kutubxona-axborot xizmati: nazariyasi va amaliyoti” (darslik), M.Y.Xakimova “Kutubxonashunoslik” (o‘quv qo‘llanma), S.Davlatov “Kutubxonashunoslik fanining tarixi va evolyusiyasi (o‘quv qo‘llanma),O‘.Nosirov “Kitob tarixi” (o‘quv qo‘llanma), O‘.Nosirov «Kutubxonashunoslikka oid tadqiqotlarni tashkil etish metodikasi» (magistratura mutaxassisliklari uchun o‘quv qo‘llanma), B.Usmonov “Portfel menejmenti” (о‘quv qо‘llanma), O‘.Nosirov, “Axborot-kutubxona muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar va ommaviy tadbirlar samaradorligini oshirish omillari” (monografiya), M.Xakimova «Maktab kutubxonalarida o‘quvchilar mutolaa madaniyatini shakllantirishning tashkiliy-uslubiy asoslari» (monografiya), E.Y.Yuldashevning “Maktab kutubxonasi ishini tashkil etish”, “Maktab-litsey kutubxonasi ishini tashkil etish”, “Kutubxona fondlarini tashkil etish”, “Kutubxonada bolalar o‘qishiga rahbarlik qilish”, “Hujjat fondlari”, kabi o‘quv qo‘llanmalari va monografiyalari, M.M.Turapovning “Razvitiye bibliograficheskogo dela v Uzbekistane (1852-1970)” monografiyasi, M.A.Raximovaning “Xujjat fondlari”, “Istoriya nauchnix bibliotek Uzbekistane” monografiyasi va boshqalar. 2003 yilda kafedra o‘qituvchilari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Kutubxona-bibliografik klassifikasiyasi” o‘zbek tilida chop etildi. Shu yili I.V.Dolgopolova va SH.M.Shamsiyev tomonidan “Istoriya bibliografii v period srednix vekov” (do izobreteniya knigopechataniya) o‘quv qo‘llanmasi, 2008 yilda X.Mamatraimovaning “Bibliografiya tarixi», 2009 yilda I.V.Dolgopolovaning “Upravleniye bibliograficheskoy deyatelnostyu informatsionno-bibliotechnix uchrejdeniy” o‘quv qo‘llanmasi, Bayto‘rayev T. D. “Bibliografiyashunoslik” fanidan darslik, L.N.Muminxodjayeva «Bibliotechniye fondi i katalogi» o‘quv qo‘llanma va boshqalar yaratildi.
Hozirgi kunda kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan “Kutubxonalarning innovatsion faoliyati ”, “Kutubxona pedagogikasi”, “Kutubxona axborot faoliyatida menejment” kabi majburiy fanlaridan o‘quv qo‘llanma va darsliklar nashrga tayyorlanmoqda.
Kafedra a’zolari tomonida Scopus va Web of Sciences xalqaro ma’lumotlar bazalarida indekslangan jurnallarda va OAK e’tirof etgan jurnallarda hamda turli xil konferensiyalar materiallarida maqolalar chop etish an’naga aylangan. Hozirgi kunga qadar kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan kutubxonachilik va kutubxonashunoslikning dolzarb muammolari va yechimiga qaratilgan 400 dan ortiq maqolalari e’lon qilingan.

Bakalavr ta’lim yо‘nalishlari rо‘yxati:
  • 60320400-Kutubxona-axborot faoliyati (kutubxonachilik va bibliografiya)
Magistratura mutaxassislari rо‘yxati:
  • 70320401-Kutubxona-axborot faoliyati (kutubxonachilik va bibliografiya)
Kafedrada о‘tiladigan fanlar rо‘yhati:
– Kitob tarixi
– Kutubxonashunoslik
– O’zbekistonda va xorijda kutubxona ishi tarixi
– Kutubxona axborot xizmati nazariyasi va amaliyoti
– Hujjatshunoslik axborot tahlili
– Kutubxonalarning innovatsion faoliyati
– Kutubxona-axborot faoliyatini menejmenti
– Kutubxona axborot faoliyati marketingi
– Kutubxona-axborot faoliyatining meyoriy huquqiy asoslari,
– Bibliografiyashunoslik
– Kutubxona fondlari va kataloglari
– Jaxon axborot resurslari
– Soxaviy axborot resurslari
Magistraturada о‘tiladigan fanlar:
– Kutubxonashunoslik fanining evolyutsiyasi
– Kutubxonashunoslik fanlariga oid tadqiqotlarni tashkil etish metodikasi
– Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
– Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi
– Kutubxonashunoslik fanlarini o‘qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish
– Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va kutubxonashunoslik fanining dolzarb muammolari

Kafedraning professor-о‘qituvchilarining tarkibi:
Kafedra professor-o‘qituvchilari: Hozirgi kunda kafedrada 12 nafar professor-o‘qituvchilar, jumladan, 1 nafar fan doktori, professor, 2 nafar fan nomzodi, dotsent, 2 nafar falsafa doktori, (PhD, 3 nafar katta o‘qituvchi va 3 nafar o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda.
“Kutubxonashunoslik” kafedrasi o‘qituvchilari haqida ma’lumot:
1. M.Y.Xakimova, kafedra mudiri
2. O‘.Nosirov, falsafa fanlari nomzodi, professor v.b.;
3. S.X.Davlatov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent
4. T.D.Bayto‘rayev, kafedra mudiri, pedagogika nomzodi, dotsent
5. M.X.Maxmudov, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
6. B.S.Usmonov, iqtisod fanlari boyicha falsafa doktori (PhD), dosent.
7. I.K. Say, katta o‘qituvchi
8. M.M.Isaqov, katta o‘qituvchi
9. Y.O.Mannonov, katta o‘qituvchi
10. L.N.Muminxodjayeva, o‘qituvchi
11. Z.M. Nurbabayeva D.X., o‘qituvchi
12. N.P.Ro‘ziyeva, o‘qituvchi
13. M.I.Matmuradova, o‘qituvchi
14. Z.Xudoyberdiyeva, o‘qituvchi
15. M.V.Grebenyuk, o‘qituvchi
16. Z.M.Abduganiyeva, o‘qituvchi
Kafedraning ilmiy ishlari (oxirgi 5 yilda chiqarilgan darsliklar, monografiyalar va о‘quv qо‘llanmalar rо‘yxati):
O‘.Nosirov. “Kutubxonashunoslikga oid tadqiqotlarni tashkil etish metodikasi”- o‘quv qo‘llanma
O‘.Nosirov. “Kitob tarixi” – o‘quv qo‘llanma
O‘.Nosirov. “Kutubxona –axborot xizmati: nazariyasi va amaliyoti – darslik
O‘.Nosirov, S.Davlatov, Z.Berdiyeva, A.O‘rozov Kutubxonashunoslik – o‘quv qo‘llanma
O‘.Nosirov, I.J.Yuldashev “Kutubxona –axborot xizmati: nazariyasi va amaliyoti – o‘quv qo‘llanma
S.Davlatov. Kutubxonashunoslik fanining tarixi va evolyusiyasi – o‘quv qo‘llanma
M.Hakimova Kutubxonashunoslik – o‘quv qo‘llanma
O‘.Nosirov. Kutubxona –axborot xizmati: nazariyasi va amaliyoti – darslik
B.Usmonov. Tijorat banklari uzoq muddatli kreditlarining samaradorligini oshirish yo‘llari (monografiya)
O‘.Nosirov, “Axborot-kutubxona muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar va ommaviy tadbirlar samaradorligini oshirish omillari” (monografiya)
M.Xakimova «Maktab kutubxonalarida o‘quvchilar mutolaa madaniyatini shakllantirishning tashkiliy-uslubiy asoslari» (monografiya)
Bayto‘rayev T. D. “Bibliografiyashunoslik” fanidan darslik
L.N.Muminxodjayeva «Bibliotechniye fondi i katalogi» o‘quv qo‘llanma
Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari:
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi;
Geologiya fanlari universiteti ARM;
Muxammad Al – Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot-texnologiyalari
universiteti ARM;
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Davlat ilmiy tibbiyot kutubxonasi;
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ARM;
Toshkent davlat agrar universiteti ARM;
“Bilim” Toshkent shahar axborot-kutubxona markazi;
Respublika bolalar kutubxonasi;
Respublika markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasi;
Maktab kutubxonalari

Kafedraning korxona va tashkilotlar bilan aloqalari:
Kafedra quyidagi tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi:
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi;
Geologiya fanlari universiteti ARM;
Muxammad Al – Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot-texnologiyalari
universiteti ARM;
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Davlat ilmiy tibbiyot kutubxonasi;
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ARM;
Toshkent davlat agrar universiteti ARM;
“Bilim” Toshkent shahar axborot-kutubxona markazi;
Respublika bolalar kutubxonasi;
Respublika markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasi;
Maktab kutubxonalari;
QQR va viloyatlar axborot-kutubxona markazlari
Kafedraning xalqaro xamkorligi:
Kazan davlat madaniyat instituti
Muxtor Avezov nomli Janubiy Qozog‘iston Davlat universiteti
Ozarbayjon davlat madaniyat va san’at universiteti
Baku davlat universiteti
Rossiya Fanlar akademiyasining Sibir filiali Davlat jamoat ilmiy-texnik kutubxonasi.