Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati olyigohning iqtidorli talabalari bilan uchrashdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda iqtidorli talabalarni bir yerga jamlagan holda liderlar guruhini shakllantirish vazifasi ilgari surildi.

«Institutimizda har bir yo‘nalishning o‘z mutaxassislari, professional ijodkorlari bor. Agarda barchamiz birdamlikda harakat qilsak, ulkan ijodiy ishlarni yaratishimiz mumkin. Oldimizda ko‘plab vazifalar turibdi, turli loyihalar bo‘yicha zamonaviy dunyoqarashga ega siz kabi kreativ yoshlar ko‘magiga muhtojmiz. O‘ylaymanki, bu jarayon ham sizlarning yuksak marralarni zabt etishingizda pillapoya bo‘lib xizmat qiladi», dedi institut rektori v.b. Eldor Shermanov.

Muhokamada liderlar guruhi faoliyati, maqsad va vazifalari to‘g‘risida professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan bildirilgan takliflar o‘rganildi.