Bugun Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Campus France agentligi vakili Sipriyan Lyorua tomonidan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining bitiruvchi talabalari uchun seminar o‘tkazildi.

Seminarda Fransiya madaniyati va san’ati, sohaga oid tashkilotlar, tarixiy maskanlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Qolaversa, Yevropa mamlakatidagi madaniyat va san’atga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari faoliyati, u yerda tahsil olish imkoniyatlari, grant dasturlari, universitetlarga o‘qishga kirish uchun belgilangan talablar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

Davra suhbatida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan tegishli ma’lumotlarga ega bo‘ldi.